Eron Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan taqdirda Fors ko‘rfazidagi AQSH harbiy bazalari va kemalariga zarba berishi va Ormuz bo‘g‘ozini yopishi mumkin. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Tehron o‘t ochishni to‘xtatishga faqat AQSH va Isroilning ehtimoliy yangi zarbalari oldida o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishiga ishonchi tufayli rozi bo‘ldi. NYT’ning yozishicha, respublika yangi hujumlar tahdidiga qaramay, tashqi siyosatini o‘zgartirmaydi.
Eron hukumatining fikricha, mamlakat urush davridagi iqtisodiy qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, aholi esa “bayroq atrofida birlashadi va g‘azabini xorijiy tajovuzkorlarga qaratadi”.