O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabining sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

General-polkovnik Qosimov 1962-2003-yillarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida ofitserlikdan Bosh shtab boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Shuningdek, harbiy okrug qo‘mondoni, mudofaa vaziri o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

To‘lqin Qosimov Vatan oldidagi ulkan xizmatlari uchun I va II darajali «Shon-sharaf,» «Qizil yulduz,» II va III darajali «Vatanga xizmatlari uchun» ordenlari hamda ko‘plab medallar bilan taqdirlangan.