27-iyun kuni O‘zbekistonda 4 balli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Meteonova xizmati ma’lumotlarida aytiladi.
Magnit bo‘roni faolligining cho‘qqisi erta tong va quyosh chiqishi bilan boshlanadi. Quyoshning g‘alayonlanishi soat 14:00 gacha davom etadi, shundan so‘ng asta-sekin pasayishni boshlaydi.
Soat 20:00 ga kelib, faollik atigi 2 ballni tashkil etadi. Ertasi kuni, 28-iyunda magnit bo‘roni 3 ball bo‘ladi.
Magnit bo‘ronlari aholida bosh og‘rig‘i, charchoq, asabiylashish va uyquning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, surunkali kasalliklarga chalingan va ob-havoga bog‘liq odamlar ularga sezgir bo‘ladi.