O‘zbekistonda Giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash kunida 2,1 tonna giyohvand moddalar yo‘q qilindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taqiqlangan moddalar boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida olib qo‘yildi.
Yo‘q qilingan moddalar orasida:
- qariyb 100 kilogramm geroin;
- 200 kilogrammdan ortiq opiy;
- 400 kilogrammdan ortiq gashish;
- qariyb 400 kilogramm marixuana;
- 600 kilogrammdan ortiq kannabis o‘simligi;
- 150 kilogrammdan ortiq ko‘knori somoni;
- qariyb 58 kilogramm mefedron;
- 30 kilogrammga yaqin a-PVP sintetik giyohvandlik vositasi;
- shuningdek, spays, katinon va boshqa xavfli psixotrop moddalar.
DXX bugungi kunda sintetik giyohvand moddalar aylanmasi ortib borayotganini ta’kidladi. Bular asosan mefedron, alfa-PVP, MDMA bo‘lib, O‘zbekistonga Rossiya va Qozog‘istondan kirib keladi.