26-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zi hududlarda esa 20-22 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kunduzi 28-39°, shimolda va tog‘ oldi hududlarida 21-26° bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo oz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 10-12 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarishi mumkin. Harorat 31-33° atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bulutli, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 21-26° atrofida bo‘ladi.