O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish yakunlandi.
Arizalar 732 411 kishidan (346 299 nafar yigit va 386 112 nafar qiz) kelib tushgan. Quyida abituriyentlarning ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti keltirilgan:
- o‘zbek tili – 644 027 nafar;
- rus tili – 71 476 nafar;
- qoraqalpoq tili – 14 959 nafar;
- boshqa tillarda – 1 949 nafar.
OTMlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Ular tugagandan so‘ng abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, yo‘nalish, ta’lim shaklini tanlaydi. Abituriyentlar soni kamaydi: 2024-yilda 894 mingdan ortiq ariza topshirildi.