Rossiya fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisi Valeriy Fadeyev farzandlari maktablarda ta’lim olmagan migrantlarning oilalarini mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qildi. Bu haqda IHK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Valeriy Fadeyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 785 mingdan ortiq voyaga yetmagan xorijliklar istiqomat qiladi, biroq ularning atigi 192 mingga yaqini ta’lim muassasalarida rasman tahsil oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ham qo‘shib hisoblaganda, kamida 300 ming bola maktabga borishi kerak edi, lekin ular buni qilmayapti.

Amaldor Konstitutsiyaning 43-moddasi va Oila kodeksining 63-moddasiga ko‘ra, Rossiyada yashovchi ota-onalar farzandlariga umumiy ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashi shartligini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, mehnat muhojirlarining aksariyati kelib chiqqan mamlakatlar – Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash normalar mavjud.

Agar chet el fuqarolari borgan mamlakat qonunlariga rioya qilish niyatida bo‘lmasa – qaytib ketaversin, ularning farzandlarining ta’lim olish huquqini esa borgan mamlakati ta’minlaydi,» – dedi Fadeyev.