O‘zbekiston Shvetsiya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Agentlik rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssell ushbu sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, inson huquqlarini himoya qiluvchi qulay, shaffof va tartibli migratsiya mexanizmlarini yaratish masalalarini muhokama qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiyada transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmaydi. O‘zbekiston tomoni, o‘z navbatida, ushbu mamlakat mehnat bozori uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash va import qilish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Muhokama chog‘ida tomonlar mamlakatlar o‘rtasida markazlashgan raqamli platformani yaratish, shuningdek, qurilish, logistika va tibbiy xizmatlar sohasidagi ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida O‘zbekistondan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularni Shvetsiyada ish bilan ta’minlashga qaratilgan pilot loyihalarni ishga tushirish tashabbuslarini ilgari surdi.

Shuningdek, ikki davlat vakillari noqonuniy migratsiyani jilovlash, axborot almashish va konsullik yordami mexanizmlarini mustahkamlashga yordam beradigan migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.