Toshkentdagi yerosti tunnelida Gentra avtomobili yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Voqea 26-iyun kuni soat 11:29 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Shimoliy temir yo‘l vokzali” qarshisidagi yer osti tunnelida avtomobil yonib ketgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 11:37 da yetib borib, yong‘in soat 11:40 da bartaraf etilgan. Ko‘rsatilgan manzilda yong‘in natijasida Gentra avtomobili yonib zararlangan. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.