Toshkentda kuchaygan shamol tufayli havo ifloslandi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 4,6-8,8 km/soatni tashkil etgan. 26-iyun kuni soat 01:00 dan 02:00 gacha havodagi mayda dispers zarrachalar miqdori:

  • PM10 ning mayda dispers zarrachalari miqdori 563-1079 mkg/m3 ni tashkil etib, ruxsat etilgan me’yordan 1,1-2,2 martaga oshgan;
  • PM2,5 ning mayda dispersli zarrachalari miqdori 105-165 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yordan 3,0-4,7 baravar yuqori.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyoda har yili iflos havo tufayli minglab odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumadi.