AQSH prezidenti Donald Tramp u Oq uyda ekan, Rossiya NATO davlatlariga hujum qilmasligini aytdi. Bu haqda manbalarga tayanib The Washington Post nashri yozmoqda.

Gaagada bo‘lib o‘tgan NATO sammitining asosiy sessiyasida Tramp Rossiyadan hech qanday tahdid bo‘lmasligiga «qasam ichdi,» shuningdek, alyans mamlakatlarining mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini olqishladi.

Bundan tashqari, NATOning Yevropa davlatlari yetakchilari Amerika yetakchisini harbiy xarajatlarni oshirishga undagani uchun maqtashdi, ba’zilari esa AQSH harbiy-havo kuchlarining Eron yadroviy obektlariga havo hujumlarini yuqori baholadi.