O‘zbekistonda hibsga olinganlar tergov izolyatoriga joylashtirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Aniqlangan jarohatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zudlik bilan prokuraturaga taqdim etiladi. Bu haqda qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarda so‘z boradi.
Hibsga olinganlarni tergov hibsxonasiga kiritishdan oldin ular bevosita tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ko‘zdan kechirish hibsga olingan shaxs tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan boshlab 2 soat ichida o‘tkaziladi. Hibsga olingan shaxsning roziligi bilan tibbiy ko‘rikda uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.
Ko‘rik natijalariga ko‘ra, tibbiy ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Hibsga olingan shaxsda aniqlangan tan jarohatlari, shikastlanishlar yoki jarohatlar qayd etiladi.