27-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kunduzi 31-39°, shimolda va tog‘ oldi hududlarida 23-28° bo‘ladi.

Toshkentda oz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28° atrofida bo‘ladi.