Toshkentda chaqaloq sotilishi haqidagi e’lon muallifi topildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani idorasi xabar bermoqda.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil va ichki ishlar organlari tomonidan holat o‘rganilib, muallif Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ota-onasi bilan yashovchi 13 yoshli o‘smir ekanligi aniqlangan. U uch yashar bolaning akasi ekan.

O‘smir ukasining sho‘xliklari tufayli tarbiyaviy maqsadlarda e’lon joylashtirdi. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.