Toshkentda Ekologiya vazirligi shahar hokimligi bilan birgalikda Zamin fondi ko‘magida yashil maydonlarning elektron bazasini shakllantirishni boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘qitilgan mutaxassislar allaqachon daraxtlarni GPS yordamida qayd etish, suratga olish, o‘lchash va raqamli «pasport» berishni boshladilar. Ma’lumotlar dendrologlar tomonidan tekshiriladi va reestrda asosiy ma’lumotlar: zot, yosh, holat, koordinatalar va boshqa xususiyatlar ko‘rsatiladi.
Baza ma’lumotlarni boshqa davlat platformalari, xususan, shaharsozlik sohasi bilan integratsiya qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, raqamli nazorat yashil hududlarning holatini kuzatish va noqonuniy kesishlarning oldini olishga yordam beradi.
Loyiha green.tashkent.uz platformasida amalga oshirilmoqda. Yil oxirigacha tizimga kamida bir million daraxt kiritilishi rejalashtirilgan.