Toshkentda ko‘chada qizga tegajog‘lik qilgan yigit sudlandi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qarorida keltirilgan.

21-iyun kuni soat 19:00 larda uy oldidagi ko‘chada yigit qizning orqa pastki qismiga qo‘lini tekkizgan. Sudda u o‘z aybini qisman tan oldi, pushaymonligini bildirdi va yengilroq jazo tayinlashni so‘radi.

Sud qarori bilan 22 yoshli yigit Jinoyat kodeksining 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga BHMning 2 baravari (750 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.