28-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab asosan kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zi hududlarda 20-22 m/s gacha kuchayib, changto‘zon ko‘tarilishi mumkin. Kunduzi harorat 30-41 daraja, shimolda va tog‘ oldi hududlarida 24-29 daraja bo‘ladi.
Toshkentda kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan esadigan shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat 35-37 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 24-29 daraja bo‘ladi.