Rossiya Davlat dumasiga taksilarda yo‘lovchi tashish qoidalarini buzganlik uchun migrantlarga alohida jarimalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Tashabbusni «Adolatli Rossiya – haqiqat uchun» partiyasi raisi Sergey Mironov ilgari surdi.
Bizning tashabbusimiz faqat migrantlarga taalluqli, MJTKga o‘zgartirishlar kiritish esa yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish uchun zarur. Taksilarda yo‘lovchi tashish qoidalarini buzganlik uchun migrantlarga jarimalarni bir necha baravar oshirishni taklif qilaman,» – dedi u.
Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan yengil taksilarda yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini buzish to‘g‘risidagi yangi modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Taksi salonida yo‘lovchi tashish qoidalarida nazarda tutilgan ma’lumotlarning yo‘qligi uchun haydovchilarga 10 ming rubl, mansabdor shaxslarga 50 ming rubl, yuridik shaxslarga 70 ming rubl miqdorida jarima joriy etish taklif qilinmoqda. Yo‘lovchiga kassa cheki yoki taksi to‘lovini tasdiqlovchi kvitansiya berilmasa, xuddi shunday jarimaga tortilishi mumkin.
Avtomobilda taksining rangli chizmasi yoki tomdagi maxsus tanish chirog‘ining yo‘qligi haydovchilarga 30 ming rubl, mansabdor shaxslarga 50 ming rubl, yuridik shaxslarga 100 ming rubl miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.