Surxondaryo viloyati Boysun tumanida gaz balloni portladi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 28-iyun kuni soat 07:15 larda «Inqobod» mahallasida joylashgan metan zapravkada sodir bo‘lgan. Nexia-2 avtomobiliga gaz quyish vaqtida gaz balloni portlab ketgan.


Mashina yonida bo‘lgan haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hozirda mutaxassislar sodir bo‘lgan voqeani o‘rganmoqda.