28-iyun kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda HET xabar bermoqda.

O‘chirishlar elektr tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan amalga oshiriladi. Quyidagi joylarda soat 09:00 dan 17:00 gacha chiroq yoqilmaydi:

«Zangiota,» «Samarqand darvoza,» «Eshonguzar,» «Yangiobod,» «Kattabog‘» va «Kamolon» mahallalarida.

Ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin, shunda elektr ta’minoti muddatidan oldin tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.