AQSH prezidenti ma’muriyati bir haftadan keyin G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga erishishga umid qilmoqda. WP nashri Donald Trampning so‘zlarini keltirmoqda.

Kelgusi hafta ichida o‘t ochishni to‘xtatishga erishamiz deb o‘ylaymiz. Biz G‘azo sektoridagi vaziyat ustida ishlayapmiz va bu muammoni hal qilishga harakat qilyapmiz, – dedi AQSH prezidenti.

Xorijiy OAV Oq uy Isroil rasmiylariga G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni to‘xtatish talabi bilan diplomatik bosim o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edi.

Axios nashri Eron bilan mojaro tugagandan so‘ng, AQSH o‘z kuchlarini Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga qaratishini yozgan edi.