30-iyun kuni Toshkentning Sergeli tumanining bir qismi suvsiz qoladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Suv ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, suv ta’minoti vaqtincha o‘chirildi. Oqibatda soat 09:00 dan 19:00 ga qadar «Uchuvchilar» MFY iste’molchilariga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilgan.

Ishlar suv ta’minotining ishonchliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, suv quvurlari tarmoqlarini yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorlashga qaratilgan. Iste’molchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.