2-iyul kuni Toshkentda magnit bo‘roni besh ball bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Meteonova xizmati ma’lumotlarida aytiladi.
Soat 08:00-11:00 da 5 balli geozarbalar kuzatiladi. Kechga yaqin asta-sekin pasayish prognoz qilinmoqda.
3-iyul kuni ham 4 balli magnit bo‘ronlari kutilmoqda. Geomagnit g‘alayonlar ham kechga borib susayadi.
Magnit bo‘ronlari aholida bosh og‘rig‘i, charchoq, asabiylashish va uyquning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, surunkali kasalliklarga chalingan va ob-havoga bog‘liq odamlar ularga sezgir bo‘ladi.