O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar, shuningdek, bolalar nafaqalari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlari miqdorini 10 foizga oshirish kuchga kirdi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Hujjatdan kelib chiqib, ijtimoiy to‘lovlar quyidagi darajada belgilanadi:

  • yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 918 ming so‘m;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 mln so‘m.

Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan bolalar nafaqasining oylik miqdori:

  • 360 ming so‘m – 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar kichik bola uchun;
  • 275 ming so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar bola uchun;165 ming so‘m – qo‘shimcha ravishda oiladagi ikkinchi bola uchun;
  • 110 ming so‘m – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.

Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 ming so‘m. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 ming so‘m. 2025-yil 1-avgustga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.