Rossiyada 1-iyuldan boshlab Yagona biometrik tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan chet el fuqarolari uchun mobil aloqa uzilishi boshlanadi. Bu haqda “TASS” Rossiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tayanib yozmoqda.
Xorijlik fuqarolar Yagona biometrik tizimda ro‘yxatdan o‘tgan taqdirdagina aloqa operatori bilan shartnoma tuzishi mumkin. Bunda ularga o‘zlariga ko‘pi bilan 10 ta SIM-karta rasmiylashtirishga ruxsat beriladi. Avval tuzilgan shartnomalarga ko‘ra, biometriyani 1-iyulgacha topshirish kerak edi. Ushbu talablarni buzganlarga operatorlar aloqani bosqichma-bosqich uzishni boshlaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar 2 milliondan ortiq xorijliklar YBTda ro‘yxatdan o‘tgan va yangi qoidalar bo‘yicha aloqa shartnomalarini rasmiylashtirgan.