Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fojia 19-iyun kuni soat 05:40 atrofida A-373 avtomobil yo‘lining 116-kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi to‘siqqa urilgan, shundan so‘ng Yutong avtobusi avtomobilga borib urilgan.
YTH oqibatida Lacetti yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.