1-iyul kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Sayram” mahallasida 92 ta xususiy uy, 11 ta ko‘p qavatli uy va 15 ta ulgurji iste’molchilar;
- Shayxontohur tumani: “Samarqand Darvoza” mahallasida 210 ta xususiy uy va 4 ta ulgurji iste’molchi.