Toshkentdagi “Stroygorod” qurilish bozori yong‘in xavfsizligi buzilgani sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, vaqtinchalik yopilishga Toshkent shahar iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudining qarori sabab bo‘lgan. Sud bino va xonalarda aniqlangan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari to‘liq bartaraf etilgunga qadar majmuani yopishni buyurdi.

Shu bilan birga, HET “O‘rikzor” bozorida avariya oqibatida elektr ta’minoti uzilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

“Bozor elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanmoqda va ishning to‘xtashi tadbirkorlarning 1-iyuldan beri duch kelayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq. Bunga bozor ma’muriyati mas’ul”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qaror 27-iyundan kuchga kirgan.