1-iyul kuni Toshkentning Bektemir tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: «Oltintopgan» va «Sohil» mahallalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Iste’molchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr so‘raldi.