AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi.

Shu bilan birga, mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asad va unga aloqador shaxslarga nisbatan mavjud cheklovlar davom etmoqda. Sanksiyalar 1 iyuldan boshlab amal qilmaydi.

AQSH davlat kotibi Marko Ruboga BMT doirasida Damashqqa nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini ta’minlash, shuningdek, Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish topshirildi.

Donald Tramp AQSH tomonidan harbiy jinoyatlar, inson huquqlarini buzish va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan Suriya sobiq rahbariyatidagi shaxslarga nisbatan choralarni kuchaytirishni buyurdi.

May oyida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Suriyadan iqtisodiy sanksiyalarni to‘liq olib tashlashga kelishib olgani ma’lum bo‘ldi.