Buxoro va Grozniy qardoshlik munosabatlarini o‘rnatdilar. Bu haqda hokim Qurbon Tursunov va shahar hokimi Xos-Muhammad Qodirov o‘rtasidagi kelishuvda aytilgan.
Bitim ikki shahar o‘rtasida ochiq muloqot, sheriklikni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishni nazarda tutadi.
Tomonlar turli sohalarda tajriba almashish, shuningdek, aholi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Buxoro uchun Grozniy Rossiyadagi beshinchi va dunyodagi 17-birodar shaharga aylandi.