2025-yil 1-iyuldan boshlab Daniyada ayollar erkaklar bilan teng ravishda harbiy xizmatni o‘tashlari shart. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tartib 2023-yil iyun oyida mamlakat parlamenti tomonidan ma’qullangan qonunga muvofiq kuchga kirdi. U ushbu sanadan keyin 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi. Endi ular xizmatga yaroqlilikni baholash uchun ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Xotin-qizlar faqat ixtiyoriy ravishda xizmat qilishlari mumkin edi. Yangi qoidalarga ko‘ra, ular erkaklar bilan bir xil tizim bo‘yicha chaqiriladi: dastlab ko‘ngillilar orasidan tanlov o‘tkaziladi, qolgan o‘rinlar qur’a tashlash orqali to‘ldiriladi.

2024-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Daniya armiyasiga yangi chaqirilganlarning 24 foizini ko‘ngilli ayollar tashkil etgan. Yangilik Daniyani Yevropaning gender-neytral harbiy chaqiruv amal qiladigan kam sonli davlatlaridan biriga aylantiradi.