2-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha ko‘tariladi. Sharqdan sekundiga 13-18 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 37-39° bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.