Toshkentda muqaddam sudlangan ayol 3 mln dollarlik kreditni rasmiylashtirishga yordam berishni va’da qilib, qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Savdo korxonasi rahbari kredit summasining 33 foizini (900 ming dollar) talab qilgan. U Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida maqsadli kredit rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchini oldindan 150 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olgan.
Shundan so‘ng, firibgarlik sxemasining asosiy tashkilotchisi bo‘lgan Urganch shahrida yashovchi 42 yoshli fuqaro qo‘lga olindi. U o‘zini bank xodimi deb tanishtirdi va ko‘rsatilgan kreditni berishga va’da berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.