Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi chorrahalardan birida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yopilish O‘zbekiston ovozi ko‘chasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan 2-iyul kuni soat 12:00 dan 5-iyul kuni soat 08:00 gacha O‘zbekiston ovozi va Sodiq Azimov ko‘chalari kesishmasida harakat cheklandi.

Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilindi.