Toshkentning Yashnobod tumanida yo‘l yopilishi sababli bir nechta avtobuslar yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bu haqda Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Mutaxassislar Yashnobod tumanidagi “Rohat” halqa yo‘lini vaqtincha yopib qo‘yishdi. Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi 26, 54, 110, 119, 128, 174-sonli avtobuslar yo‘nalishi quyidagicha o‘zgaradi:
Shaharning markaziy qismi tomon:
- THAY – Ohangrabo – Uysozlar – Uysozlar-2 – Izzat – Shohimardon – Ohangaron shohko‘chasi orqali.
Teskari yo‘nalishda:
- Shohimardon – Katta Yangiobod – Shohsanam – To‘lqoriq – THAY ko‘chalari orqali.
Zarur hollarda harakat sxemalariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.