Toshkentdagi “Paxtakor” bekatida ona va bola xonalari hamda hojatxona ochildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, metropoliten rahbariyati yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida bu kabi loyihalarni muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, “Amir Temur xiyoboni” metro bekatida ham shunday inshoot qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lib, tez orada foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, yana 6 ta metro bekatida ona va bola xonalari, hojatxonalar qurilishi rejalashtirilgan.