2-iyul kuni Toshkentning Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.
Uzilishlar gaz ta’minoti tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq.
Sergeli tumanida soat 14:00 dan 17:00 gacha “Nomdanak” va “Jo‘nariq” mahallalari aholisi — jami 990 ta aholi xonadonlari va 16 ta ulgurji iste’molchilar gazsiz qoladi.
Yangihayot tumanida ayni shu vaqtda Choshtepa ko‘chasidagi 435 ta xususiy uy va 17 ta yirik iste’molchi gazdan uziladi.
Mirobod tumanidagi “Chinor” mahallasida soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. 148 ta ko‘p qavatli uy va 7 ta ulgurji iste’molchi gazsiz qoladi.
Ishlar yakunlanishi bilan gaz ta’minoti tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.