Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi bolalar bog‘chalaridan birining besh yoshli tarbiyalanuvchisi derazadan tushib ketgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Poytaxt MMTB holatga munosabat bildirdi.
Voqea 30-iyun kuni soat 09:45 da Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida sodir bo‘lgan. Qarovsiz qolgan bola ikkinchi qavat derazasidan tushib ketgan.
Muassasa hamshirasi unga birinchi yordam ko‘rsatgan, shundan so‘ng tarbiyalanuvchi 16-sonli shahar kasalxonasining bolalar bo‘limiga olib borilgan. Shifokorlar bolada bilak-kaft bo‘g‘imlari, burun va yuqori jag‘ alveolyar o‘sig‘ining old tishlar sohasidagi sinishlarini aniqladi.
Jabrlanuvchi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, ahvoli yaxshilangach, reanimatsiyadan o‘tkazilgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.