AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi xorijiy yordam dasturlarini amalga oshirishni to‘xtatdi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi, deya uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
1-iyuldan boshlab USAID xorijiy yordam ko‘rsatishni rasman to‘xtatadi. Ma’muriyat yo‘nalishiga mos keladigan va Amerika manfaatlarini ilgari suruvchi xorijiy yordam dasturlari Davlat departamenti idorasida bo‘ladi. Ularni yanada mas’uliyat va samaradorlik bilan, yanada puxta o‘ylab amalga oshiradi.
Rubioning ta’kidlashicha, AQShning muhim insonparvarlik yordami ko‘rsatish va iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha majburiyatlari tashqi siyosatda “Avvalo Amerika” tamoyiliga javob berishi kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH soliq to‘lovchilarining mablag‘lari “uzoq mamlakatlardagi qulagan hukumatlarni moliyalashtirish” uchun ishlatilmasligi kerak.