ANORBANK aksiyador Qahramon Olimovning Fransiyada o‘g‘irlab ketilgani haqidagi xabarga izoh berdi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu hodisa xususiy, korporativ bo‘lmagan xususiyatga ega va bankning operatsion faoliyatiga taalluqli emas. ANORBANK odatdagi tartibda ishlamoqda — barcha bo‘limlar, xizmatlar va raqamli kanallar barqaror ishlamoqda, joriy va strategik loyihalar tasdiqlangan rejalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
ANORBANK ommaviy axborot vositalari vakillaridan ushbu mavzuni yoritishda axloqiy me’yorlarga rioya qilish, tekshirilmagan ma’lumotlarni e’lon qilmaslik va shaxsiy hayot chegaralarini hurmat qilishni so‘raydi. Bank, shuningdek, ortiqcha muhokamalar yoki tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatish rasmiy tergov jarayoniga ham, jabrlanuvchining shaxsiy chegaralarini hurmat qilishga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga e’tibor qaratadi.