O‘zbekistonning ikki fuqarosi moliyaviy foyda olish maqsadida AQShga noqonuniy muhojirlarni kontrabanda qilishda ayblanmoqda.
AQSH federal prokurori Devid Metkalf 30 yoshli B.R. va 31 yoshli M.X.ni pul mukofoti evaziga AQShga muhojirlarni noqonuniy o‘tkazish ishi bo‘yicha hibsga olinganini va ularga nisbatan ayblov e’lon qilganini ma’lum qildi.
Ikkalasi ham AQSHga qonuniy asoslarsiz bir kunda yetib kelgan.
“Ishdagi ayblanuvchilar 1-raqamli ishtirokchining mamlakatga noqonuniy kirishiga yordam bergan, shundan so‘ng undan AQSHga noqonuniy yo‘l bilan kirmoqchi bo‘lgan boshqa chet elliklar uchun tavsiyalar olishni boshlagan”, — deyiladi xabarda.
2022-yil dekabridan 2025-yil mayigacha B.R. va M.X. migrantlarning turli mamlakatlar orqali AQSH va Meksika chegarasiga yo‘nalishini tashkil etish maqsadida viza va pasport olish uchun boshqa shaxslar bilan hamkorlik qilgan. Ular o‘z xizmatlari uchun noqonuniy muhojirlarning o‘zidan yoki ularning vakillaridan pul o‘tkazmalarini olishgan.
Aybga iqror bo‘lgan taqdirda, ayblanuvchilarning har biri ayblovning har bir bandi bo‘yicha 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ishni tergov qilish bilan FQB shug‘ullanmoqda, sudda ayblovni federal prokuror yordamchilari Daniel Beytman va Everett Uiterell ilgari surmoqda.