SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Xalqaro kosmik stansiyani (XKS) “nafaqaga chiqarish” vaqti kelganini aytdi. Bu haqda u X’da yozgan.
Tadbirkor prezident Donald Trampning Senat tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi tufayli NASA’ning ilmiy missiyalari moliyalashtirishdan mahrum qilingani, buning o‘rniga milliardlab mablag‘lar “uchib ketmasligi mumkin bo‘lgan” missiyalarga yo‘naltirilishi haqidagi postga munosabat bildirdi.
“XKSni nafaqaga jo‘natish va Marsga e’tibor qaratish vaqti keldi”, — deb yozdi Mask.