Interpol tomonidan qidirilayotgan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fuqaro Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan xalqaro qidiruvga berilgan. Ma’lum bo‘lishicha, qidiruvdagi ayol Ummon hududida bo‘lgan. U joriy yilning aprel oyida qo‘lga olingan.
Bir oy avval Interpolning Toshkentdagi Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida O‘mondan birdaniga ikki jinoyatchi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.
Tashrif davomida o‘tkazilgan muzokaralar va yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama aloqalar, birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ayblanuvchini topshirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ayol Toshkentga olib kelingan, u yerda Interpol va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari vakillariga topshirilgan.