3-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi respublika janubi va g‘arbida 41-46° gacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 39-41° gacha ko‘tariladi. Tog‘larda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.