Hakamlar hay’ati reper va prodyuser Shon Kombs, ya’ni P. Diddy ishi bo‘yicha hukmni e’lon qildi.

The New York Times xabariga ko‘ra, san’atkor eng og‘ir ayblovlar — jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi va jinoiy uyushma tuzish bo‘yicha oqlangan.

Biroq hakamlar hay’ati uni fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida odamlarni tashishning ikkita epizodi bo‘yicha aybdor deb topdi. Ushbu jinoyatlarning har biri uchun Kombs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin — yakuniy jazoni sudya belgilaydi.

Agar sud Kombsni jiddiyroq moddalar bo‘yicha aybdor deb topsa, u 15 yildan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Shon Kombs uyushgan jinoiy faoliyat, jinsiy zo‘ravonlik, tovlamachilik va odam savdosi bo‘yicha keng ko‘lamli tergov markazida qolmoqda, uning Mayami va Los-Anjelesdagi uylarida avvalroq tintuvlar o‘tkazilgan.