Portugaliya terma jamoasi va Angliyaning “Liverpul” klubi futbolchisi Diogu Jota 28 yoshida YTHda vafot etdi. Bu haqda 3-iyul kuni Ispaniyaning Marca sport gazetasi xabar berdi.

Avariya A-52 yo‘lining 65-kilometrida, Samora provinsiyasining Palasios-de-Sanabriya munitsipaliteti yaqinida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 28 yoshli hujumchi bo‘lgan avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan va yong‘in kelib chiqqan. Jotu avtomobilda professional futbolchi bo‘lgan 26 yoshli ukasi Andre bilan birga bo‘lgan.