Adliya vazirligi Samarqand no‘xat sho‘ragini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, maxsus reyestrga kiritdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hujjat Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga topshirildi. Milliy taom Samarqand mintaqasining an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligini tasdiqlab, geografik ko‘rsatkich maqomiga ega bo‘ldi.
Geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning muayyan hudud, uning tabiiy, insoniy va tarixiy xususiyatlari bilan bog‘liq alohida xossalarga ega ekanligini anglatuvchi intellektual mulk obyektidir.