3-iyul kuni Toshkentda ultrabinafsha nurlanish darajasi 11 ball bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Meteonova servisi ma’lumotida keltirilgan.

Soat 12:00 da O‘zbekiston poytaxtida ko‘rsatkich 10 ballgacha ko‘tariladi, soat 13:00 da nurlanish 11 ballga yetadi. Mutaxassislar UB nurlarining bunday darajasini “o‘ta xavfli” deb ta’riflamoqda.

Mutaxassislar odamlarni ultrabinafsha nurlarining uzoq vaqt ta’sir qilish xavfi haqida ogohlantirmoqda va himoya vositalarini qo‘llashni tavsiya qilmoqda.

  • Soat 12:00 dan 14:00 gacha quyoshga chiqmaslikka harakat qiling;
  • Soya joylarni qidiring;
  • Yopiq kiyim kiyish;
  • Ko‘z, yuz va bo‘yinni quyoshdan to‘sadigan keng soyabonli shlyapa kiying;
  • Ko‘zlarni to‘liq yopadigan quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing;
  • Quyoshdan himoyalovchi ekranlar va soyabonlardan foydalaning;
  • Solyariylardan saqlaning.