O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi JSSTni yolg‘izlik epidemiyasi haqida ogohlantirdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, dunyoda har oltinchi odam yolg‘izlikdan aziyat chekadi. Bu holat ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, erta o‘lim holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Har soatda bu muammo tufayli 100 ga yaqin, har yili esa 871 mingdan ortiq odam vafot etadi. Shuning uchun ham JSST bu muammoni global epidemiya deb ta’riflagan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 13 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan aholining 17-21 foizi o‘zini yolg‘iz his qiladi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar o‘smirlar orasida kuzatilmoqda.

Daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda so‘ralganlarning 24 foizi o‘zini yolg‘iz deb hisoblaydi. Bu yuqori daromadli mamlakatlarga qaraganda ikki baravar ko‘p. Shu munosabat bilan JSST barcha mamlakatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi.